Yangiliklar

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Samandar Ismailov 2025-yil II choragi yakuni bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

Muloqot davomida deputatlar 2025-yilning ikkinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan aholiga axborot berib, saylovchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va murojaatlarni tinglashdi. Jumladan, deputatlar tomonidan ushbu chorakda mahallada ichki yo‘llar holatini yaxshilash, obodonlashtirish ishlari, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan amaliy ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Muloqot chog‘ida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalar – uy-joy sharoitlarini kengaytirish, bolalar uchun bepul to‘garaklar va chet tillari kurslarini tashkil etish, uzoq yillardan beri ta’mirtalab bo‘lib turgan “Tepaguzar” MFY binosini kapital ta’mirlash, ijtimoiy nafaqalarni qo‘shimcha olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, aliment undirishda qonuniy yordam berish va mahalla hududida mavjud bo‘lgan avtoturargohlarni saqlab qolish kabi masalalarni o‘z ichiga oldi.

Slide 1 of 6