Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Rizayeva Gulsara "U.Yusupov" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Tadbir davomida deputat tomonidan 2025-yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, hududdagi dolzarb masalalar bo‘yicha axborot berildi.

Uchrashuvda saylovchilar tomonidan bir qator muammo va takliflar bildirildi. Jumladan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘lsozlik ishlari, yoshlar bandligini oshirish kabi masalalar ko‘tarildi.

Deputat Rizayeva Gulsara barcha taklif va murojaatlar e’tiborsiz qolmasligini, ularni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganib chiqib, amaliy yechimlar topish bo‘yicha harakat qilinishini bildirdi.

Slide 1 of 4