📑 Yig'ilish kun tartibidan:
✅ Boyovut tumani mahalliy budjetining 2025-yil II-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilishi natijasida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida;
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Sirdaryo viloyatida aholi bandligini ta’minlash va daromadini ko‘paytirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-431-son qarori ijrosi yuzasidan qayta foydalanishga kiritilgan yerlar uchun tegishli mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
✅ Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi sessiyalari qarorlari ijrosi va deputatlik so‘rovlari natijalari yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha muhokamalar tashkil etish.