Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman kengashi deputati Nazokat Narxadjayeva hamda Viloyat Kengashi deputati Kim Dmitiriylar tumanning “Yangiobod” mahallasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida deputatlar mahalla yettiligi faoliyati, joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, aholi bandligi va muammolarni hal etishdagi amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida deputatlar mahalla raisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli va boshqa jamoa vakillari bilan suhbatlashib, ularning olib borayotgan ishlari, duch kelayotgan muammolari, tashabbuslari va takliflarini tingladilar.

Mahalladagi mavjud muammolar – xususan, ichimlik suvi, yo‘llarning holati, ishsizlik, ijtimoiy himoya muammolari kabi masalalar bo‘yicha deputatlar o‘z fikr va tavsiyalarini berishdi. 

Slide 1 of 3