Boyovut tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan navbatdagi o'n ikkinchi sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
📄 Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
1-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi “Respublikada kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tumani prokurori (A.Uralov)ning axboroti to‘g‘risida.
2-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, jamoat xavfsizligi yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i (O‘.Begimov)ning hisoboti.
3-masala, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 54-maqsadda hamda tumandagi qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari (Z.Xoliqberdiyev)ning hisoboti to‘g‘risida.
4-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli qarorini tumandagi ijrosi yuzasidan Boyovut tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i (K.Xudoyberdiyev)ning hisoboti to‘g‘risida.
5-masala, Boyovut tumani mahalliy budjetining 2025-yil II-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilishi natijasida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.
6-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-noyabrdagi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli qaroridan kelib chiqib, Yoshlarga oid ishlash tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligining Boyovut tumani bo‘limi boshlig‘i (A.Djabarov)ning hisobotini eshitish.
7-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Sirdaryo viloyatida aholi bandligini ta’minlash va daromadini ko‘paytirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-431-son qarori ijrosi yuzasidan qayta foydalanishga kiritilgan yerlar uchun tegishli mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.
8-masala. Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi sessiyalari qarorlari ijrosi va deputatlik so‘rovlari natijalari yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha muhokamalar tashkil etish.
Boshqa masalalar.
Har bir ko‘rilgan masala yuzasidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar asosida yakunda xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.