Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📑 Yig'ilish kun tartibidan:
✅ “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 54-maqsadda hamda tumandagi qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari (Z.Xoliqberdiyev)ning hisoboti to‘g‘risida;
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli qarorini tumandagi ijrosi yuzasidan Boyovut tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i (K.Xudoyberdiyev)ning hisoboti to‘g‘risida;