“Miskin” mahallasidagi muammolar yuzasidan Olmazor tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi boshlig‘i F.Xadjayevaga yuborilgan deputatlik so‘roviga ko‘ra, joyida o‘tkazilgan o‘rganish natijasida quyidagi masalalar aniqlangan:
“Miskin” mahallasi sanoat hududida joylashgan qushxona faoliyat ko’rsatib kelayotgani;
Ushbu obyektdan nohush hid kelayotganligi;
Mahalliy aholiga hamda yo’lovchilarga noqulayliklar keltirayotganligi.
Deputat mazkur ehtiyojlar yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni va asoslantirilgan ma’lumotlarni 10 kun muddatda taqdim etishni so‘radi.