Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 15-A.Temur saylov okrugi deputati Obloqul Isanov tomonidan "S.Ayniy" hamda "A.Temur" mahallalarida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mahallalar yettiligi, faollar va saylovchilar ishtirok etib, hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

📑 Shuningdek, deputat tomonidan joriy yilning 2-choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot ham berildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ayrim muammolar joyida hal etildi, qolganlari nazoratga olindi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5