Xalq deputatlar Xiva tuman Kengashi deputatlari O.Masharipov (11-Parisha okrugi),
P.Allamov (13-Uchqun okrugi), M.Baltaev (22-Yangi yop okrugi) 14-iyul kuni Xiva tuman Shomoxulum mahallasida joylashgan “KHIVA CLUSTER“MCHJ dagi ishchi xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlarnio’rganish maqsadida tashrif buyurishdi.Tashrifdan ko’zlangan maqsad –mazkur “KHIVA CLUSTER“MCHJ da ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan mehnat va ijtimoiy sharoitlar,xavfsizlik talablari,ishlab chiqarish jarayoni ,ish haqi va bandlik holatlarini o’rganishdan iborat bo’ldi.Deputatlar uchrashuv yakunida o’z tavsiyalarini berib,korxona faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo’yicha tegishli takliflarini bildirdilar.