Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi, 7-A.Navoy saylov okrugi deputati Karomat Karimova "A.Navoiy" mahallasi fuqarolari o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan deputat qabuliga murojaat qilishdi. Qabul davomida ijtimoiy, infratuzilma va turmushga oid qator muammolar ko‘tarilib, ularni hal etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shundan so‘ng deputat mahalladagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. Davlat dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha mutasaddilarga aniqlik va sifatga alohida e’tibor qaratish tavsiya etildi.

Mazkur tashrif orqali mahalladagi mavjud holat bevosita o‘rganilib, fuqarolar murojaatiga e’tiborli munosabat bildirildi.

Slide 1 of 3