Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
“Mikroloyihalar” doirasida tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 29-“Oydinbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdullayev tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish hamda “Mikroloyihalar”ni tahlil qilish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Ashirqulmergan” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Kokand munavvar farm” korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

Korxona rahbariyati bilan muloqot davomida korxonada ayni paytda 15 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangani ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuvda korxona faoliyatini yanada rivojlantirish, jumladan, tovar aylanmasi hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish hamda onlayn savdoni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yangi loyihalarni ishga tushirish, mavjud bino va inshootlardan samarali foydalanish, imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, mahalladagi bitiruvchi sinf o‘quvchilarini korxonada ish bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar hududdagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5