O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, hududda barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Bag‘dod tumanida o‘quv seminar o‘tkazildi.
➡️ Seminarda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati N.Elchiyeva, Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosari O‘.Bltaboyev, shuningdek, mas’ul boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
🔹 Seminar davomida Farmonda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, ularni hududda samarali amalga oshirish, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
🔹 Shuningdek, belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda mas’ul tashkilotlar va mahallalar oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.