Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
“Ashirqulmergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 29-“Oydinbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdullayev tomonidan “Ashirqulmergan” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Qabul jarayonida “Ashirqulmergan” MFY, Hazrati Bilol ko‘chasi 66-uyda yashovchi II guruh nogironi Muhtorov Ravshanjon tomonidan xonadonini ta’mirlash bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.

Mazkur murojaat yuzasidan fuqaro Muhtorov Ravshanjon bilan suhbatlashilib, xonadonning holati va oilaning mavjud sharoiti bilan yaqindan tanishish maqsadida masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Murojaat deputat tomonidan batafsil ko‘rib chiqilib, uni amaldagi qonunchilik doirasida hal etish, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish hamda masalaning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7