Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan “Samandarak” temirchilik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj va infratuzilma ishlarining borishi o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida sanoat zonasida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, hududni zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

🔹Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 100 ga yaqin tadbirkor mazkur sanoat zonasida o‘z loyihalarini amalga oshirish istagini bildirgan. Shundan 12 ta loyiha auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, hozirgi kunda 10 ta obyektida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

🔹Sanoat zonasi to‘liq ishga tushirilishi natijasida 280 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

🔹O‘rganish yakunlari bo‘yicha sanoat zonasida qurilish va infratuzilma ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5