Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov tomonidan “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

📊 “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida mahallada jami 114 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olingan. Jumladan:

⏺️ 1-toifa — ish bilan ta’minlashga muhtoj xotin-qizlar — 18 nafar;
⏺️ 2-toifa — tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar — 1 nafar;
⏺️ 3-toifa — uy-joyini ta’mirlashga muhtoj xotin-qizlar — 3 nafar;
⏺️ 4-toifa — ruhiy holatini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar — 51 nafar;
⏺️ 5-toifa — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar — 41 nafar.

💬 O‘rganish jarayonida har bir toifa bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning murojaatlari ijrosi hamda ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬Ta’kidlanganidek, bugungi kunda barcha toifadagi xotin-qizlarga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy, huquqiy va moddiy yordamlar ko‘rsatilgan.

✅ O‘rganish yakunida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3