Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “15-Cho‘rindi” saylov okrugi deputati A.Sharipov hududidagi “Cho‘rindi” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 6-iyundagi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qaror ijrosi ta'minlanmoqda.
❇️ Mazkur qarorga asosan, “Cho‘rindi" mahalla fuqarolar yig‘ini "Yoshlarobod" ko‘chasining 250 metr hamda "Navro‘z" ko‘chasining 350 metr qismini asfaltlash belgilangan.
❇️ Hozirgi kunda mazkur hududda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
❇️ Kengash qarorlarida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.