Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#5_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bandixon" mahallasida mahalla boshqaruvi va ijtimoiy masalalar o‘rganildi

Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimini yanada takomillashtirish, quyi bo‘g‘in boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-“Bandixon” saylov okrugi deputati X.Abdimo‘minov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Bandixon" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

Mazkur tadbir Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni talablari asosida tashkil etildi. Tashrif davomida deputat va kotibiyat xodimi tomonidan mahalla raisi, soliq xodimi, profilaktika inspektori hamda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahallada "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish, xonadonbay xatlovlar natijasi, ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati chuqur tahlil qilindi.

Tahliliy muhokamalar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, aholi muammolarini joyida bartaraf etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuksaltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1