Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va talaba-yoshlarni yotoqxona bilan ta’minlash masalalari yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari N.Nasimov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

So‘rov asosida shahardagi oliy ta’lim muassasalari va texnikumlarda tahsil olayotgan yoshlarni turar joy bilan ta’minlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Javob xatida yotoqxonaga ehtiyoji bo‘lgan talabalarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida mavjud yotoqxonalar quvvatini oshirish, sharoitlarni yaxshilash hamda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi talabalar turar joylarini barpo etish ishlari olib borilayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar holati manzilli o‘rganilib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijara kompensatsiyalarini to‘lab berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, talaba-yoshlarni munosib turar joy bilan ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi