🇺🇿 O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga saylangan deputat I.Egamberdiyev G‘alaba va Navoiy hududlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun muhim masalani ko‘tardi.
♻️ Aholiga qulaylik yaratish, hududlarda sanitariya va obodonlashtirish holatini yanada yaxshilash maqsadida maishiy chiqindilarni yig‘ish va saralash punktini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifi ilgari surildi.
Shu munosabat bilan aniq takliflar ishlab chiqish va amaliy choralarni belgilash yuzasidan Bekobod tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i U. Xaqqulovga deputat so‘rovi yuborildi.
🌱 Toza hudud — sog‘lom muhit!