Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar A.Djabborov va Xamza mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik holati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
👧🧒Har bir bola — bizning kelajagimiz!
Bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, mavjud masalalar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
E’tibor bor joyda — natija, g‘amxo‘rlik bor joyda — kelajak bor!