Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda Nuroniylar jamg‘armasi Bekobod tumani bo‘limi raisi, Kengash ekspertlar guruhi a`zosi J.Bo‘rixo‘jayev Bekobod tumani stellasi qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
🔎 Tashrif davomida stela qurilishining borishi, amalga oshirilayotgan ishlar sifati hamda obodonlashtirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿 Yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, obod maskanlar va zamonaviy infratuzilma hududlarimiz qiyofasini yanada chiroyli va ko‘rkam etmoqda.
✨ Bekobodning yangi qiyofasi — bunyodkor xalqimiz mehnatining yorqin ifodasi!