Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan fuqaro murojaatini o‘rganish yuzasidan doimiy komissiyalar 19-1-modda bo`yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi A. Xolmurzayev, deputatlar A.Djabborov, B.Jo‘rayev, shuningdek, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari K.Ortiqboyev va B.Xabibullayev ishtirok etdilar.
🔎 Yig‘ilish davomida fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganilib, mavjud masalalarni qonuniy tartibda hal etish, murojaatga xolis va adolatli yondashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Fuqaro murojaati — e’tibordan chetda qolmaydigan mas’uliyat.