Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YURT OBODLIGI – VATAN RAVNAQI

Bekobod tumanida obodonlashtirish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Xolmirzaev, kotibiyat mudiri hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Q. Bobojonov va kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov tuman obodonlashtirish boshqarmasining moddiy-texnika bazasini o‘rganib, tahlil qildilar.

🔍 O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi bir yil davomida boshqarmaga 10 dan ortiq zamonaviy texnikalarning olib kelinishi obodonlashtirish ishlarining samaradorligi, sifati va ko‘lamini sezilarli darajada oshirgan.

🚜 Zamonaviy texnika — tezkorlik va sifat demakdir. Bugun ko‘chalarning tozaligi, hududlarning ozodaligi va obod manzarasi ortida aynan mana shunday yangilanishlar mujassam.

🌿 Amalga oshirilayotgan bu ishlar nafaqat hudud ko‘rkini oshirmoqda, balki aholining yashash sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

✨ Obod hudud — bu shunchaki tashqi ko‘rinish emas, balki taraqqiyot, e’tibor va mas’uliyat ifodasidir.

Slide 1 of 3