Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR-JAMIYATIMIZNING TENG HUQUQLI A’ZOSI.

Xuddi shunday fikr-mulohaza bilan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat Q.Bobojonov tumandagi Nogironlar jamiyatida bo‘ldi. Jamiyat raisi S.Mamayusupova bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar, ulardan foydalanish holati, ularning dolzarb muammolari bo‘yicha suhbatlashildi.

Ayni kunda jamiyatga 2334 nafar fuqarolar a’zo bo‘lgan, shulardan 346 nafari 1-guruh nogironlari hisoblanadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tuman tashkilotlarida yaratilgan sharoitlar, xususan, surdotarjimonlarga ehtiyoj yuqori ekanligi qayd etildi.

Slide 1 of 3