Zafar shaharchasida barpo etilayotgan yangi sport maktabining boks majmuasi deputatlar tomonidan o‘rganildi. Unda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Xolmurzayev, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Q.Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenovlar ishtirok etdilar.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, sifat darajasi va yakunlash muddatlari alohida e’tiborga olindi.
Mazkur majmua foydalanishga topshirilgach, yoshlar uchun boks sport turi bilan shug‘ullanishga zamonaviy va keng imkoniyatlar yaratiladi. Eng muhimi, bu yerda kelajakda xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.
Sog‘lom avlod — porloq kelajak garovi!