Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Egamberdiyev hududdagi soliq inspektori bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda hududda soliq tushumlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot ochiq va samimiy ruhda kechib, mavjud muammolarni bartaraf etish, tizim samaradorligini yanada oshirish yuzasidan muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Hudud rivoji – hamkorlik va mas’uliyat natijasi!