Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT HARAKAT XAVFSIZLIGI MASALASINI KO‘TARDI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Azimova Qushchi mahallasida aholini qiynayotgan yo‘l harakati xavfsizligi masalalarini tuman YXHB xodimlari bilan birgalikda o‘rganib chiqdi.

Mazkur hududda joylashgan 26-maktab o‘quvchilarining maktabga qatnashi markaziy ko‘chada avtomobillar serqatnovligi sababli xavf ostida qolmoqda.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, maktab ro‘parasiga “qavariq qoplama”, “piyodalar o‘tish joyi” hamda tezlikni cheklash yo‘l belgilarini o‘rnatishga kelishib olindi.

Slide 1 of 3