Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Murojaat nazardan chetda qolmadi: deputatlar muammoni joyida o‘rgandi

Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy e’tiborda.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari — A.Xolmurzayev, N.Dusmatova, B.Yulchiyev, Z.Esirgapova, shuningdek kotibiyat mudiri, O‘zbekiston MTDPdan saylangan deputat Q.Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N. Azimova Beshyuz va Nazarboy mahallalarida bo‘lib, fuqarodan kelib tushgan murojaatni bevosita joyiga chiqib o‘rgandi.

Jarayonda jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilib, muammoning sabablari batafsil tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va masalani ijobiy hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3