Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat D.Ochilova tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
O‘rganishlar davomida “Oybek" mahallasi Zamaxshariy ko‘chasining 360 metr qismi asfaltlashtirilmaganligi sababli aholi va avtotransport vositalari harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlangan.
Deputat o‘z so‘rovida ushbu ko‘chani asfaltlashtirishda amaliy yordam berish hamda qonunchilikda belgilangan muddatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etishni so‘ragan.
Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.