Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat I.Allayarov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.
O‘rganishlar davomida "Lalmikor" mahallasidagi Faravon ko‘chasining 270 metr qismi shag'allashtirilmagani sababli aholi va avtotransport vositalari harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlangan.
Deputat o‘z so‘rovida ushbu ko‘chani shag'allashtirishda amaliy yordam berish hamda qonunchilikda belgilangan muddatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etishni so‘ragan.