Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat S.Xadjikulov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.
O‘rganishlar davomida "Yangihayot" mahallasidagi Temiryo‘lchilar ko‘chasining 200 metr hamda Archazor ko‘chasining 260 metr qismi shag'allashtirilmagani sababli aholi va avtotransport vositalari harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlangan.
Deputat o‘z so‘rovida ushbu ko‘chani shag'allashtirishda amaliy yordam berish hamda qonunchilikda belgilangan muddatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etishni so‘ragan.
Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.