Yangiliklar

Deputat tomonidan yo‘l infratuzilmasidagi muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputati D.Ochilova tomonidan "Oybek" mahallasi hududidagi ichki yo‘llarning holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida Zamaxshariy ko‘chasining yo‘l qismi talab darajasida emasligi, ayniqsa noqulay ob-havo sharoitida fuqarolar va transport vositalari harakatlanishida sezilarli qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan muammoni tizimli hal etish maqsadida ko‘chani asfalt qoplamasi bilan qoplash bo‘yicha tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Masala ijrosi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3