Yangiliklar

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, 1-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.Aralov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganish natijalari:

Deputat tomonidan hududdagi transport infratuzilmasi holati tahlil qilinganda, "Do‘stlik" mahallasidagi bir qator ko‘chalarda jiddiy muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, Forishlik, Maxmud Qoshg‘ariy, Tutzor, Ipak Yo‘li ko‘chalarining asfalt qoplamasi yaroqsiz holga kelgan.

🛣️ Mavjud muammolar:

Yo‘llarning ta’mirtalabligi sababli yog‘ingarchilik paytida chuqurlarda suv to‘planib, piyodalar va avtotransport vositalarining harakatlanishiga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Mazkur holat yuzasidan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

Ko‘rilayotgan choralar:

Deputat A.Aralov o‘z so‘rovida mazkur ko‘chalarning asfalt qoplamasini ta’mirlashda amaliy yordam berish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 10 kun muddat ichida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Slide 1 of 2