Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЭКОЛОГИК МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШГА ҚАРАТИЛГАН ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ КОТИБИЯТИДА ИШ ЖАРАЁНИ ТИЗИМЛИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МФЙДА КЕНГ КЎЛАМЛИ ИШЛАР БОШЛАНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ ВА АҲОЛИ УЧРАШУВИ: МАҲАЛЛА ТИНЧЛИГИ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАР ЕЧИМИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ТАЪЛИМ ВА КУТУБХОНА ШАРОИТЛАРИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: БОЛАЛАР ХАВФСИЗЛИГИ МАСАЛАСИ
янв.21
ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЙЎЛ ИНФРАТУЗИЛМАСИ
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA BEPUL BERILADIGAN DORI-DARMONLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA

AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA BEPUL BERILADIGAN DORI-DARMONLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Хalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati A. Abdug‘aniyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirovlar tomonidan Navoiy shahridagi 4-sonli oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlarni qabul qilish tartibi, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda muassasada yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, poliklinikada bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, muassasada aholiga xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda xizmat sifatini yanada oshirish, bemorlar uchun qulayliklarni kengaytirish hamda dori vositalari ta’minotini yaxshilash zarurligi ta’kidlanib, tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik va sifatni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6