Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Sovot QFYdagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi va qozonxonasining texnik holati, mavjud isitish qurilmalarining sozligi hamda sovuq kunlarda o‘quv xonalarini barqaror isitish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktabning ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlanganligi, mavjud ko‘mir zaxirasi, uni saqlash sharoitlari hamda mavsum davomida yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni uzluksiz ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Isitish tizimini mavsum davomida xavfsiz va samarali ishlatish, qozonxona faoliyatini nazorat qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.
Bundan tashqari, maktab hududining obodonlashtirilganligi, hovli va yo‘laklarning tozaligi, o‘quvchilar uchun xavfsiz sharoit yaratilganligi ham ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan mas’ullarga isitish tizimini doimiy nazoratda ushlash, ko‘mir zaxirasidan oqilona foydalanish, zarur hollarda qo‘shimcha yoqilg‘i zaxirasini shakllantirish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.