Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORDA NARX-NAVOLAR BARQARORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA!
янв.21
RAVON YO‘L — OBOD MAHALLA VA FAROVON HAYOT TIMSOLI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH OMILI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISHNING MUHIM BO‘G‘INI
янв.21
FUQARO MUAMMOSI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YO‘L — OBODLIK VA QULAY HAYOTNING MUHIM MEZONI
янв.21
QO‘SHQAND QISHLOG‘IDA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT MAYDONCHASI HOLATI O'RGANILDI
янв.21
YOSHLARNING KELAJAGI BUGUNDAN BOSHLANADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGIGA E’TIBOR QARATILDI
RAVON YO‘L — OBOD MAHALLA VA FAROVON HAYOT TIMSOLI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Qobulov tomonidan Havotog‘ QFY hududida yangi asfalt yotqizilgan ichki yo‘llarning holati joyiga chiqib o‘rganildi.

Bugun mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, avvalo, aholining kundalik hayotida sezilarli qulaylik yaratishi bilan ahamiyatlidir. Shu nuqtayi nazardan, ichki yo‘llarning ta’mirlanib, yangi asfalt qoplamasi bilan qoplanishi hudud infratuzilmasini yaxshilashda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘rganish davomida yangi asfalt yotqizilgan yo‘l qismlarining umumiy holati, asfalt qoplamasining tekisligi va sifati, transport vositalari harakati uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bajarilgan ishlarning amaldagi holati va yo‘ldan foydalanish qulayligiga alohida e’tibor qaratildi.

Yangi asfalt qoplamasi aholining kundalik qatnovini yengillashtirib, transport vositalarining ravon harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratmoqda. Ayniqsa, mahalla ichki yo‘llarining obodonlashtirilishi xonadonlarga kirib-chiqish, ijtimoiy obyektlarga qatnov va hududlar o‘rtasidagi harakatlanish imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan yo‘lning yangi asfaltlangan holati joyida ko‘zdan kechirilib, bajarilgan ishlarning sifati, yo‘l qoplamasining saqlanishi va kelgusida undan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yangi asfalt qoplamasining uzoq muddat xizmat qilishi uchun yo‘lni asrash, og‘ir transport vositalarining harakatini tartibga solish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.

Muhimi, bunyodkorlikning natijasi aholi hayotida sezilishi kerak. Havotog‘ QFYda yangi asfalt yotqizilishi ham mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hudud qiyofasini yanada obod qilish va aholiga munosib sharoit yaratish yo‘lidagi amaliy ishlardan biridir.

Slide 1 of 2