Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Husanboyev tomonidan Shodlik mahallasida yoshlar bilan ishlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada istiqomat qilayotgan yoshlarning ta’lim, bandlik va kasbiy qiziqishlari, mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratildi.
Jumladan, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan yoshlarni qisqa muddatli kasb-hunar kurslariga jalb etish, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblar — axborot texnologiyalari, grafik dizayn, tikuvchilik, xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik va boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirish berish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda har bir yosh bilan manzilli ishlash zarurligi qayd etildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, ularni sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik, intellektual o‘yinlar va turli to‘garaklarga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
M.Husanboyev tomonidan yoshlar bilan ishlashda faqat tadbirlar o‘tkazish bilan cheklanib qolmasdan, har bir yoshning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojidan kelib chiqib aniq yo‘nalish belgilash, ularning kasb egallashi va munosib ish o‘rniga ega bo‘lishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish Yoshlar maslahat guruhi nazoratiga olindi.