Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov tomonidan Havotog‘ QFY Qo‘riq qishlog‘ida asfalt yotqizish ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududdagi yo‘lning amaldagi holati, asfalt qoplamasini yotqizish jarayoni, ishlarning bajarilish sur’ati hamda yo‘lning foydalanishga topshirilgandan keyingi holati bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, asfalt qoplamasining sifatli va belgilangan texnik talablar asosida yotqizilishi, yo‘lning mustahkamligi hamda foydalanish uchun qulay holatga keltirilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar shunchaki yo‘lni ta’mirlash bilan cheklanib qolmasdan, eng avvalo, Qo‘riq qishlog‘i aholisi uchun xavfsiz, ravon va qulay harakatlanish sharoitini yaratishga xizmat qilishi zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ishlarning sifatli bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.