Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Sovot QFYdagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida, avvalo, tashkilot binosining isitish tizimi, qozonxonasi va mavjud isitish uskunalarining texnik holati, ularning mavsum davomida barqaror ishlashga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasaning ko‘mir va boshqa yoqilg‘i zaxirasi, uni saqlash sharoitlari, isitish tizimining sozligi hamda sovuq kunlarda guruh xonalarida bolalar uchun zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlari o‘rganildi.
Tashkilot hududining obodonlashtirilganligi, daraxt va yashil maydonlarni parvarishlash, hovli va yo‘laklarning tozaligi, bolalar o‘yingohlari hamda hududdagi xavfsizlik holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, kuz-qish mavsumida tarbiyalanuvchilarga issiq va qulay sharoit yaratish, mavsumiy kasalliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda oziq-ovqat ta’minotini uzluksiz tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Deputat tomonidan tashkilot mas’ullariga mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, isitish tizimidan xavfsiz foydalanish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.