Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RAVON YO‘L — OBOD MAHALLA VA FAROVON HAYOT TIMSOLI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI BILAN HAMKORLIK — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISH OMILI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI — AHOLI MUAMMOLARINI MANZILLI HAL ETISHNING MUHIM BO‘G‘INI
янв.21
FUQARO MUAMMOSI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
YO‘L — OBODLIK VA QULAY HAYOTNING MUHIM MEZONI
янв.21
QO‘SHQAND QISHLOG‘IDA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT MAYDONCHASI HOLATI O'RGANILDI
янв.21
YOSHLARNING KELAJAGI BUGUNDAN BOSHLANADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI VA PEDAGOGIK JARAYON DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTAT E’TIBORIDA
MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI VA PEDAGOGIK JARAYON DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Sovot QFYdagi 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganilib, pedagoglar tomonidan tarbiyalanuvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berishni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Muloqot davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, pedagoglarning mashg‘ulotlarga tayyorgarligi hamda zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda mashg‘ulotlarni mazmunli tashkil etish, ularning fikrlash qobiliyati, nutqi, dunyoqarashi va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlarni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Deputat tomonidan pedagoglar bilan suhbat davomida ta’lim sifatini oshirish faqat mashg‘ulotlarni o‘tkazish bilangina cheklanmasligi, balki har bir bolaning qiziqishi va qobiliyatini aniqlash, unga individual yondashish, tarbiyaviy jarayonni ota-onalar bilan hamkorlikda olib borish muhimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlarda bolalarning faol ishtirokini ta’minlash, amaliy va ko‘rgazmali usullardan samarali foydalanish, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Muhokama yakunida pedagoglarning kasbiy mas’uliyatini yanada oshirish, ta’lim-tarbiya sifatini doimiy tahlil qilib borish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2