Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Hamidjon Akmalov O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida faoliyatini boshladi.
Hurmatli Hamidjon Akmalovich!
Sizni Odil sudlov akademiyasida ish faoliyatingizni boshlaganingiz bilan chin dildan tabriklaymiz.
Sizning bilim, tajriba va kasbiy mahoratingiz akademiya jamoasining salohiyatini yanada oshirishga, sud-huquq sohasida yuksak malakali kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishiga ishonamiz. Yangi lavozimingizda Sizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, ish faoliyatingizda yuksak natijalar va omad tilaymiz. Sizga ishonch bildirilgan ushbu mas’uliyatli vazifani sharaf bilan bajarishingizga tilakdoshmiz.
Hurmat bilan Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi jamoasi!