Bugun Yangiobod tumani ichki ishlar bo‘limida “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev, tuman prokurori Sh.Salimov, soha faollari hamda mehnat fidoyilari ishtirok etdilar.
Tantanada so‘z olganlar ichki ishlar organlari tizimi xodimlarining jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdagi xizmatlarini alohida ta’kidlab, ularga samimiy minnatdorchilik izhor etishdi. Shu munosabat bilan bir qator fidoyi xodimlar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar .