Joriy yilning 24-oktabr kuni Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman Kengashi deputatlari, hokim o'rinbosarlari, korxona va tashkilotlar mutasaddilari hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibiga kiritilgan 10 ta masala yuzasidan mas’ullar tomonidan atroflicha hisobotlar tinglandi. Hisobotlarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash holati, shuningdek, mahalliy byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi kabi yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muhokama jarayonida deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, samaradorlikni oshirish hamda aholining murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Majlis yakunida har bir masala bo‘yicha qaror loyihalari ishlab chiqilib, doimiy komissiyalar tomonidan nazoratga olish belgilandi.