Joriy yilning 16-oktabr kuni tuman markazidagi Huquq-tartibot maskanida Payshanba profilaktika kuni munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev, tuman IIB boshlig‘i Jo‘rabek Xo‘janov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Ushrashuvda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman IIB mas’ul hodimlari va barcha mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida hududlarda jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar tarbiyasi, mahallalarda osoyishtalikni
ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Profilaktika kuni doirasidagi bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, hamjihatlikni kuchaytirish hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.