Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ibrohim Qarshiboyev tomonidan Havotog' QFYda obodonlashtirish ishlari o'rganildi.

Bugun 17-oktabr Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev tuman IIB boshlig‘i Jo‘rabek Xo‘janov bilan birgalikda Havotog‘ QFYning Qo‘shqand qishlog‘ida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi. 

Tashrif davomida yo‘llarni ta’mirlash, ariq va zovurlarni tozalash, yashil hududlarni kengaytirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi amalga oshirilayotgan ishlar sifatini o‘rganib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. 

Slide 1 of 6