Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏫 TA’LIM MUASSASALARINING MAVSUMGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
☀️ QUYOSH PANELLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI: FARZANDI SALOMATLIGI UCHUN AMALIY YORDAM KO‘RSATILADI
янв.21
🏟 NURAFSHON MAHALLASIDA SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
🍂 2-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
SUV KODEKSI IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
🏢 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH — QONUN TALABI
янв.21
⚖️ MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISH — QONUN TALABI
янв.21
🏛️ YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARIDA BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MADANIYAT VA SAN’AT MUASSASALARIDA BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova ishtirokida musiqa maktablari direktorlari hamda madaniyat markazlari rahbarlari uchun “Madaniyat va san’at muassasalarida bolalar huquqlarini himoya qilish va xavfsiz muhitni ta’minlash” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

🔺 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, madaniyat va san’at muassasalarida xavfsiz ta’lim-tarbiya muhitini yaratish, bolalar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

🎙 Deputat Vasila Alimova mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, bolalarni turli tazyiq va zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ta’lim-tarbiya jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etish hamda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish masalalariga alohida to‘xtaldi.

🛡 Shuningdek, madaniyat va san’at muassasalari rahbarlarining bolalar xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati, pedagoglarning kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etishi, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda bolalar huquqlari buzilishining oldini olishga qaratilgan choralar muhokama qilindi.

🗣 Uchrashuv davomida ishtirokchilar diniy mazmundagi zo‘ravonlikning oldini olish, bunday holatlarga duch kelgan bolalarni himoya qilish, shuningdek, pedagoglarni ota-onalar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish yuzasidan deputatga savollar bilan murojaat qildilar.

⚖️ Muloqotda bolalar va pedagoglarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda zarur hollarda tegishli vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📋 Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, xususan, madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rganish, yoshlarning ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash, bolalar huquqlarini himoya qilish hamda zo‘ravonlik va huquqbuzarliklarning oldini olish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

🤝 Tadbir yakunida madaniyat va san’at muassasalarida bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda muassasa rahbarlari, pedagoglar va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

♻️ Deputat Vasila Alimova ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv bolalar huquqlarini himoya qilish, madaniyat va san’at muassasalarida xavfsiz muhitni ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligini mustahkamlashga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10