Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati F. Sadullayeva tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish, shuningdek, viloyat hududidagi quyosh panellaridan foydalanish samaradorligini baholash maqsadida monitoring o‘tkazildi.
🔎 Monitoring davomida tadbirkorlik subyektlari, xonadonlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar hamda sog‘liqni saqlash tizimi obyektlariga o‘rnatilgan quyosh panellarining ishlash holati, ularning afzalliklari, mavjud kamchilik va muammolarini o‘rganishga e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, quyosh panellaridan samarali foydalanish, ularning barqaror ishlashini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni o‘rganish ko‘zda tutildi.
⚡️ Mazkur monitoringdan maqsad — kuz-qish mavsumini munosib kutib olish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.
Deputatlik nazorati — mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.