Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi A. Radjapov tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va fuqarolarni qiynayotgan muammolarga yechim topish borasida ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Urganch shahri “Mash’al” MFY, Yangiariq ko‘chasi, 15-uy, 21-xonadonda yashovchi Amanov Dilshod Shuxratovich farzandini Turkiyada operatsiya qildirish uchun yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaat joyida o‘rganilib, oilaning holati va farzandining operatsiyasi bilan bog‘liq masalaga e’tibor qaratildi. Murojaat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, farzandining operatsiyasi uchun amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Aholi murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini o‘rganish va imkon qadar amaliy ko‘mak berish — xalq vakillarining muhim vazifalaridan biridir.