“YANGI ASR” MAHALLASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Namangan shahrining “Yangi Asr” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga olib kelayotgan sabab va omillarni tahlil qilish hamda ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jinoyatchilik muhokamasi o‘tkazildi.
Tadbirda xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov, deputat Anvar Nasriddinov, shahar prokurori Qodirxon Asqarov, shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sotvoldiyev, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bahromjon Orziboyev, mahalla faollari, yoshlar hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdilar.
Muhokama davomida mahallada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularga zamin yaratayotgan omillar atroflicha tahlil qilindi.
Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda profilaktik ishlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan manzilli ishlash, profilaktik nazoratni kuchaytirish va aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda mahalla faollari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, yoshlar va keng jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega.
Bu boradagi tizimli va manzilli ishlar mahallada xavfsiz muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.