Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyati mudiri U.Kuryazov tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, sinfxonalar va mavjud infratuzilmasi, shuningdek, qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Maktabda o‘quvchilar uchun qish mavsumida issiq, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.